Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi katta leytenant A.Muminov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi tayyorlangan so‘rovnoma asosida o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida boshqarmada faoliyat yuritayotgan axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlash, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni himoya qilish, kibertahdidlarning oldini olish hamda kiberxavfsizlik hodisalari yuzaga kelgan taqdirda ularga nisbatan o‘z vaqtida chora ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari o‘z tasarrufidagi axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini, tarmoqlar ishining barqarorligini ta’minlashi, kiberhujumlar haqida vakolatli davlat organini ogohlantirishi, shuningdek axborot tizimlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi va qalbakilashtirilishining oldini olish choralarini ko‘rishi lozim. Shu nuqtai nazardan, deputat tomonidan Ichki ishlar boshqarmasida axborot tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash, xizmat ma’lumotlarining ruxsatsiz kirishdan himoyalanganligi, kompyuter va boshqa texnik vositalardan xavfsiz foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, axborot tizimlari va resurslaridagi ma’lumotlarning qonunga xilof ravishda tarqatilishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, yaxlitligining buzilishi, bloklanishi yoki qalbakilashtirilishi, shuningdek tizimlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi. Qonunda bunday holatlar aniqlangan taqdirda o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish, axborot tizimlari va resurslarini tezkor tiklash hamda sodir bo‘lgan kiberxavfsizlik hodisalari haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish talablari belgilangan.

Bundan tashqari, axborot tizimlarining kiberhimoyasini ta’minlashda sertifikatlashtirilgan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalanish, kiberxavfsizlik talablariga rioya etish, aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish hamda kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan chora ko‘rish mexanizmlarining ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🔵Deputat tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash faqat texnik vositalar bilan cheklanib qolmasligi, balki xodimlarning axborot xavfsizligi talablariga rioya qilishi, xizmat ma’lumotlaridan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish va kibertahdidlar bo‘yicha huquqiy savodxonlikni muntazam oshirib borish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2