Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
♻️ CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH XIZMATLARI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
4-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
YANGI BO‘STON MFYDA AHOLI ISSIQXONALARINI SUV BILAN TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Yangibo‘ston MFYda piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari barpo etilishi o‘rganildi.
янв.21
Yangibo‘ston MFYda aholi uchun qulay savdo infratuzilmasi yaratilmoqda
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK TA’MIRLANMOQDA
#qaror_ijrosi #deputatlik_nazorati #ijtimoiy_profilaktika #xavfsiz_mahalla “Kokildorota” mahallasida ijtimoiy profilaktika va xavfsiz muhit masalalari o‘rganildi

Mazkur vazifalar doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashining 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqovaning saylov okrugi hududidagi “Kokildorota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan individual ishlash, muammoli oilalar, yoshlar va ijtimoiy xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-son Qonuni huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etishni profilaktikaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilaydi.

Shu nuqtayi nazardan, mahallada jinoyatchilikning oldini olish faqat huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bilan ishlash bilangina cheklanmasdan, ishsizlik, oilaviy nizolar, ijtimoiy muammolar, nazoratsizlik va boshqa xavf omillarini barvaqt aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish asosida tashkil etilishi lozimligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi RP–1-son qarori bilan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yaxlit va manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilangan. Hujjatda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish va xavf guruhidagi shaxslar bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy profilaktika mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining o‘zaro hamkorligi asosida olib borilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, “Kokildorota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyatini baholashda nafaqat huquqbuzarliklar statistikasi, balki aholi bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni aniqlash, ijtimoiy-maishiy muammolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning hal etilishini nazorat qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Profilaktika inspektori faoliyatida manzilli profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish, mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.