Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI BO‘STON MFYDA AHOLI ISSIQXONALARINI SUV BILAN TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Yangibo‘ston MFYda piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari barpo etilishi o‘rganildi.
янв.21
Yangibo‘ston MFYda aholi uchun qulay savdo infratuzilmasi yaratilmoqda
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati deputat tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Tuman markazidagi istirohat bog‘ida yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar deputat e’tiborida
янв.21
DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI KUTUBXONA FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI: KO‘PRIK HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 28-sentabr, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug'bek Ziyodullayev 22-Bog'obod saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 29-sentabr, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov 31-Olim Xo'jayev saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: J. G'ulomqodirov

🗓 30-sentabr, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov 6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 1-oktabr, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Yashnobod hamda Mirobod tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 2-oktabr, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1