Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TINCHLIK MFYDA NAVBATDAGI O‘RGANISH
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA ISITISH TIZIMI VA KO‘MIR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH MASALALARI TAHLIL QILINDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN MARKAZIDAGI PARK VA XIYOBONLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOBUR MFYDA MAHALLA FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
Ta’lim sifati va shart-sharoitlar — deputatlar nazoratida

Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi, maktablarda zamonaviy, xavfsiz va munosib shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari M.Narbasheva, Sh.Xolliyeva hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova shahardagi 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi, o‘quvchilar davomati hamda pedagoglarning dars berish samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, sinf xonalari, fan kabinetlari, axborot-kutubxona resurs markazi, sport zali hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan boshqa shart-sharoitlarning holati bevosita ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar maktab rahbariyati bilan suhbat davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

“Bugun viloyat Kengashi deputatlari bilan birgalikda 3-sonli maktabda bo‘lib, mavjud vaziyatni har tomonlama tahlil qildik. Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning xavfsiz va munosib sharoitlarda bilim olishlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan birgalikda aniq vazifalarni belgilab oldik”, — deya ta’kidladi shahar Kengashi raisi D.Normuradova.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish hamda maktab infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Slide 1 of 3