Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
DEPUTATLARNING MAHALLALARDA AHOLI BILAN ISHLASHI YANADA KUCHAYTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur seminar davomida mahallalarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilariga deputatning o‘z saylov okrugidagi mahallada “mahalla yettiligi”, faollar, aholi va mas’ul tashkilotlar bilan muntazam hamkorlik qilishi, mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Jumladan, ishsizlik, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalar hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni manzilli aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Senat tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan amaliy tizimni boshqa hududlarda ham joriy etish, mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyatlari faoliyatini samarali tashkil etishning aniq mexanizmlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Seminar davomida mahallalarda aniqlangan masalalarni tuman va shahar Kengashlari muhokamasiga olib chiqish, mas’ul tashkilotlardan aniq choralar va natijalarni talab qilish, mahalliy darajada hal etish imkoniyati bo‘lmagan masalalarni esa yuqori darajadagi tashkilotlar muhokamasiga kiritish tartibi ham tushuntirildi.

Mazkur seminar Yangiobod tuman Kengashi deputatlarining saylov okruglarida aholi bilan ishlashini yanada tizimli tashkil etish, muammolarni joyida aniqlash va amaliy yechimga yo‘naltirish, shuningdek, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish uchun muhim amaliy yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Slide 1 of 1