Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
OROLBOʻYIDA ZAMONAVIY AGRAR TASHABBUSLAR — YANGI TARAQQIYOT OʻSISH NUQTASI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bogʻi faoliyati bilan tanishgani va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan amaliy muloqoti hammaning eʼtiborini tortdi.

Orolboʻyining shoʻr tuprogʻi va murakkab iqlim sharoitida 55 milliard soʻmlik loyiha evaziga 330 gektarlik intensiv bogʻ barpo etilgani — mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar hamda tadbirkorlarimizning jasorat va tashabbuskorligining amaliy namunasidir.

Partiyamiz gʻoyalari va dasturiy maqsadlarida ijtimoiy adolat, aholi bandligini taʼminlash va resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, mazkur loyihani quyidagi muhim jihatlari bilan yuqori baholayman:

Yangi ish oʻrinlari va ijtimoiy himoya: Bogʻda 100 ta muqim ish oʻrni yaratilgani ilgari doimiy daromadga ega boʻlmagan oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kelgusida intensiv bogʻlar maydonini 10 ming gektarga yetkazish orqali 40 mingta doimiy va mavsumiy ish oʻrni yaratilishi rejasi aholi bandligi masalasidagi ulkan qadamdir.

Innovatsiya va suv tejamkorligi: Drenaj hamda tomchilatib sugʻorish tizimlarining joriy etilishi natijasida suv sarfining 60 foizgacha tejalayotgani va oʻgʻitlarning 90 foizigacha oʻzlashtirilayotgani bugungi global suv tanqisligi sharoitida nihoyatda muhim va namuna boʻladigan yechimdir.

Yuqori qoʻshilgan qiymat va eksport salohiyati: Mahsulotni joyida quritish hamda qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, Xitoy, Koreya va Rossiya kabi davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar hududning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kegeylidagi ushbu tajriba butun Qoraqalpogʻiston boʻylab, jumladan, tumanimiz sohalarida ham keng oʻzlashtirilishi zarur boʻlgan muhim namunadir. Xalq vakili va Adolat SDP deputati sifatida ushbu ilgʻor tajribalarni qoʻllab-quvvatlayman hamda bunday ezgu tashabbuslar Orolboʻyi aholisi turmush farovonligini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiraman.

K.Beshbayev
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati