Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
Shahar infratuzilmasi — aholi farovonligi garovi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Ayniqsa, Nukus shahrida “Ashshiko‘l” hududida 270 gektar maydonda “Nukus siti”ni barpo etish loyihasining amalga oshirilayotgani shaharning kelgusi qiyofasini yangilash, zamonaviy shaharsozlik tamoyillarini joriy etish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ushbu loyiha doirasida zamonaviy va energiya tejamkor uy-joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, tadbirkorlik sub’ektlari hamda yashil hududlarni tashkil etish ko‘zda tutilgani aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Shu bilan birga, shahar infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini zamonaviy hamda energiya tejamkor tizimlarga o‘tkazish aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ham alohida e’tiborga loyiq. Magistral avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, hududlar o‘rtasida transport qatnovini yaxshilash, shuningdek, Toshkent–Nukus yo‘nalishida tezyurar temiryo‘l qatnovini rivojlantirish aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay transport imkoniyatlarini kengaytiradi.

Deputat sifatida men uchun eng muhim masala — amalga oshirilayotgan har bir loyihaning natijasi, avvalo, aholi hayotida sezilishi, ularning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilishidadir. Shu bois infratuzilma ob’ektlarining sifati, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarur, deb hisoblayman.

Mahallalarda aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish ham deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari va imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim.

Bugun shahar taraqqiyotini faqat yangi binolar va yo‘llar bilan emas, balki insonlar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmatlar sifati, ish o‘rinlari va munosib turmush sharoiti bilan baholash muhim. Shu nuqtayi nazardan, Qoraqalpog‘istonda belgilanayotgan vazifalarning izchil va sifatli amalga oshirilishi hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Deputat sifatida ushbu jarayonlarda aholi manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda, belgilangan vazifalarning ijrosini o‘rganish, joylardagi muammolarni ko‘tarish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishni o‘z faoliyatimning muhim vazifalaridan biri, deb bilaman.

JUMAMURATOVA SAYYORA BABAJONOVNA
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan 4-sonli "Beruniy" saylov okrugi deputati