Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTIN VODIY MFYDA GAZ TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH XIZMATLARI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
4-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: 299-SONLI MAKTAB OLDIDAGI PIYODALAR O‘TISH JOYI BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQ BERILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: 299-SONLI MAKTAB OLDIDAGI PIYODALAR O‘TISH JOYI BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQ BERILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulovning Shayxontohur tumani “Katta Jarariq” mahallasidagi 299-sonli umumta’lim maktabi atrofida o‘quvchilar xavfsizligini kuchaytirish yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Umidjon Sanakulov tomonidan 299-sonli umumta’lim maktabi va “Uzumzor” restorani oralig‘idagi yo‘l qismida o‘quvchilar va boshqa piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, mavjud yo‘l belgilari va chiziqlarining holatini o‘rganish hamda qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish masalasi ko‘tarilgan edi.

🔎 Rasmiy javobga ko‘ra, 2026-yil 17-avgustdagi 97-ds-424-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida mutaxassislar hududga joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borgan. O‘rganish davomida “Katta Jarariq” MFY Jarariq ko‘chasidagi 299-sonli umumta’lim maktabi qarshisida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi mavjudligi aniqlangan.

🔺 Mazkur piyodalar o‘tish joyi 5.16.1 va 5.16.2 “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilari hamda 1.14.2 yo‘l yotiq chiziqlari bilan jihozlangani, shuningdek, hududda 1.21 “Diqqat, bolalar” va 3.24 (50, 30) tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatilgani qayd etilgan.

⚠️ O‘rganish jarayonida piyodalar o‘tish joyidagi 1.14.2 yo‘l yotiq chiziqlari vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini yo‘qotgani aniqlangan. Shu sababli mazkur yo‘l chiziqlarini qayta chizish yuzasidan tegishli topshiriq berilgan.

👮‍♂️ Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan yo‘l-patrul xizmati xodimi maketini o‘rnatish masalasiga ham rasmiy munosabat bildirilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bunday maket “Yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalari” tarkibiga kirmagani sababli uni o‘rnatish YHXB vakolatiga kirmaydi.

🛣 Shu tariqa, deputat Umidjon Sanakulov tomonidan ko‘tarilgan masala joyiga chiqib o‘rganilib, 299-sonli umumta’lim maktabi qarshisidagi piyodalar o‘tish joyida ko‘rinishini yo‘qotgan yo‘l chiziqlarini yangilash bo‘yicha amaliy topshiriq berildi.

🤝 299-sonli umumta’lim maktabi atrofida o‘quvchilar va boshqa piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash hamda belgilangan ishlarning amaliy ijrosi deputat Umidjon Sanakulov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1