Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
4-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
YANGI BO‘STON MFYDA AHOLI ISSIQXONALARINI SUV BILAN TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Yangibo‘ston MFYda piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari barpo etilishi o‘rganildi.
янв.21
Yangibo‘ston MFYda aholi uchun qulay savdo infratuzilmasi yaratilmoqda
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati deputat tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Tuman markazidagi istirohat bog‘ida yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda 21-saylov okrugi deputati G. Shermatova Do'rmon mahallasida olib borgan o'rganishlarini davom ettirib, daromadi past bo'lgan navbatdagi oila — M. Turayeva xonadonida bo'ldi.

Mazkur xonadon bilan ishlash bo'yicha maxsus individual reja ishlab chiqilgan bo'lib, o'rganish davomida fuqaroning bandligini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, fuqaroning yotoqda bo'lgan onasi tegishli tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, M. Turayeva unga rasman parvarishlovchi (qarovchi) etib belgilandi va uning mehnat staji yuritilishi ta'minlandi.

Shuningdek, oilaning doimiy daromadini ko'paytirish maqsadida xonadonga quyosh paneli o'rnatib berish taklifi ilgari surildi. Bu orqali oila muqobil energiya manbaidan qo'shimcha daromad topishi mumkinligi юзасидан batafsil tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3