Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
4-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI: FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
YANGI BO‘STON MFYDA AHOLI ISSIQXONALARINI SUV BILAN TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Yangibo‘ston MFYda piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari barpo etilishi o‘rganildi.
янв.21
Yangibo‘ston MFYda aholi uchun qulay savdo infratuzilmasi yaratilmoqda
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati deputat tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Tuman markazidagi istirohat bog‘ida yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
АHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA👇👇👇

АHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA👇👇👇

#24_ta_tavsiyaviy_savol

🇺🇿Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda oilalarni barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash borasida hududlarda manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xususan, mahallalarda aholi bilan individual ishlash, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini o‘rganish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝Shu maqsadda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M. Murzametova tomonidan mahallalarda xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, bandlik masalalari, oilalarning daromad manbalarini oshirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi.

🔺Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz hamda imkoniyatlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bizni kuzatishda davom eting!