Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati Risqulova Gulchexra Anorqulovna Qo‘shtamg‘ali mahallasida bo‘lib, "mahalla
yettiligi" tomonidan, ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;
-Ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish, yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;
-Ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
-Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash;
-fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
-Yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanish;
-Mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish;
-tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik
biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish borasida amalgaoshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.