Yangiliklar

Jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 11-“Tinchlik” saylov okrugidan saylangan deputat V.Isakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 29 fevraldagi PQ-59-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 18 martdagi 116-son qarorlarini ijrosini bajarilishi bo‘yicha hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilib, tegishli tashkilot xodimlari bilan birgalikda monitoring ishlari olib borildi. Jamoatchilik nazorati tadbiri davomida aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishchi guruh o‘z taklif va tavsiyalarini ishlab chiqdilar. Ularni tegishli soha mutasaddilari bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rildi.

Slide 1 of 2