Yoshlarga oid davlat siyosati-deputatlik nazoratida
Saroy mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-406) ijrosini ta’minlash yuzasidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashiga 9-Chubor saylov okrugi deputati B.Mirzabekov tomonidan nazorat tahlili amalga oshirildi.
Qonun yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, iqtidorini rivojlantirish, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qamrovini kengaytirish yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.