Yangiliklar

PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DEPUTAT NAZORATIDA 👥

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Jasurbek Kuryazov tomonidan “Payshanba — yoshlar kuni” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman hokimining ijtimoiy soha bo‘yicha o‘rinbosari Zokirjon Ro‘zmetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari Mansurbek Alimov hamda mutaxassislar ishtirokida Sharlauq mahallasida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar muhokama qilindi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1