Deputat mahallada: Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi, Sohiba Jalolitdinovna Gulbog‘ hududidagi fuqarolar bilan uchrashdi.
🫂 Uchrashuvda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi:
⚡️ Oltin vodi ko‘chasida 6 yil davomida elektr tayanchlari mavjud bo‘lsa-da, sim-kabellar tortilmagan;
⚡️ Gulobod ko‘chasiga 10 ta elektr tayanch o‘rnatish zarurati;
⚡️ 2-Proyezd Qizilravot ko‘chasiga 150–200 kVtli transformator o‘rnatish talabi, chunki 30 nafar xonadon Namangan shahar Xizmat ko‘rsatish kasb-hunar bilim yurtining elektr tarmog‘idan tortilganligi sababli elektr kuchlanishi pastligi ta’kidlandi.
🔎 O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Masalalar ijrosi deputat nazoratiga olindi.