✅ Xalq deputatlari Angren shahar Kotibiyatida Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, qurilish va kommunal soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Yig‘ilish kun tartibida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida hamda Angren shahardagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
✅ Yig'ilishda Kengash deputatlari, shahar hokimi o'rinbosarlari va mas'ul tashkilot rahbari ishtirok etishdi.
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyati