Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov N. tomonidan hududda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, xususan, mahalla profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, profilaktika inspektorining aholi bilan muloqotini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.
⚖️Mazkur o‘rganishlar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mahallada osoyishtalikni mustahkamlashga qaratildi.