Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #24_tavsiya
янв.21
““Angor yog’dusi” gazetasining 2026-yil 16-oktyabr kunidagi 19-sonida: ✅ OAV biz haqimizda
янв.21
#Aholi_murojaatlari #Doimiy_komissiya_faoliyati #Deputatlik_nazorati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_rejalar #hamda #oylik_rejalar_belgilab_ olindi
янв.21
#Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #24_masala #Biriktirilgan_tashkilot #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
19¹-modda. #Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_tavsiya
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Navbatdagi_sessiya_oldi_
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjieva Muhabbat Haydaraliyevna tomonidan saylov okrugida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarga yechim topish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimligi bo‘limlari mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalarni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandlik masalalariga amaliy yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat tashkilotlari va mahalla hamkorligining muhimligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va bandlikka oid masalalarni hal etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4