Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #24_tavsiya
янв.21
““Angor yog’dusi” gazetasining 2026-yil 16-oktyabr kunidagi 19-sonida: ✅ OAV biz haqimizda
янв.21
#Aholi_murojaatlari #Doimiy_komissiya_faoliyati #Deputatlik_nazorati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #24_masala #Biriktirilgan_tashkilot #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_rejalar #hamda #oylik_rejalar_belgilab_ olindi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Navbatdagi_sessiya_oldi_
янв.21
19¹-modda. #Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_tavsiya
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

 SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi, 9-«G‘alaba» saylov okrugi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva «Nihol» mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.

📘 KENGASH FAOLIYATI VA DEPUTATLIK NAZORATI

Hisobot davomida mahalliy Kengash faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududlardagi dolzarb masalalarning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Joriy yilning III choragi davomida:

➡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 7 ta sessiyasi faoliyati sarhisob qilindi.

➡️ Kengashning doimiy komissiyalari faoliyati, ularning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

➡️17 ta uchrashuv o‘tkazilib, saylovchilar bilan bevosita muloqot olib borildi.

➡️ 9 ta sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganildi.

➡️ Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolarni hal etish va ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Uchrashuvda saylovchilar bilan ochiq muloqot, fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, mahallada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Asosiy maqsad — saylovchilar manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish va deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8