Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_mudiri_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
янв.21
#Buni_bilasizmi #162_ta_qonun 🇺🇿 DEPUTAT KIM?
янв.21
#24_tavsiya #11_band #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#24_tavsiya #9_band #19¹_modda #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
#Oylik_Ish_reja_ijrosi #24_tavsiya_doirasida #11_band | #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #12_band | #Liftlar_ishlashi
Shikorbegi mahallasida bolalar maydonchasi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida Shikorbegi mahallasida qurilishi rejalashtirilgan bolalar maydonchasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani aniqlandi.

️Mazkur obyektning sifatli va belgilangan talablar asosida barpo etilishi, bolalar uchun qulay hamda xavfsiz dam olish sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, o‘rganish davomida hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv-servis kompaniyasi (BSK) rahbari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida qurilish ishlarining sifatini qat’iy nazoratga olish, bajarilayotgan ishlarning belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligini ta’minlash hamda obyektda mas’uliyat bilan ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4