Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganish #162_qonun #24_masala #Nogironligi_bo‘lgan_shaxslar
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_mudiri_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
янв.21
#Buni_bilasizmi #162_ta_qonun 🇺🇿 DEPUTAT KIM?
янв.21
#24_tavsiya #11_band #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#24_tavsiya #9_band #19¹_modda #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi
DEPUTATLIK NAZORATI: “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20–“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Parkent tumani Fermerlar kengashida bo‘lib, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
❇️ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qishloq xo‘jaligi sohasida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish, fermerlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda sohaga oid belgilangan talablarning amaliyotda bajarilishiga e’tibor qaratishdan iborat.
❇️ O‘rganish jarayonida Parkent tumani Fermerlar kengashi rahbari E. Islomov bilan hamkorlikda fermer xo‘jaliklari faoliyatining muhim jihatlari, ularning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish hamda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🌱 Ta’kidlash joizki, fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois mazkur sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, fermerlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni mustahkamlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
❇️ Deputat tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish vakillik organi va tegishli tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qonun hujjatlari ijrosiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlashga xizmat qiladi.
✅ Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash, fermerlar manfaatlarini himoya qilish va hududda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishning muhim vositasidir.
🟢 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, qonun hujjatlari ijrosini tahlil qilish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3