Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganish #162_qonun #24_masala #Nogironligi_bo‘lgan_shaxslar
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_mudiri_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
янв.21
#Buni_bilasizmi #162_ta_qonun 🇺🇿 DEPUTAT KIM?
янв.21
#24_tavsiya #11_band #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#24_tavsiya #9_band #19¹_modda #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi
XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

⚖️ Qonun ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-«Beshkappa» saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna Parkent tumani hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Inoyatova Ma’ruba Nomozovna bilan uchrashib, «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🟢 O‘rganish davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanish xavfi mavjud xotin-qizlarni himoya qilish, shuningdek, nizoli oilalar bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Jinoyatchilik ko‘rsatkichlarida kamayish kuzatilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning tegishli davrida tumanda xotin-qizlar tomonidan 8 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davridagi 18 ta holatga nisbatan 10 taga kamaygan.
🟢 Himoya orderlari va profilaktik tadbirlar.
O‘rganish davomida oilaviy-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan holatlarning oldini olish, himoya orderlari orqali xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumotlarda oilaviy-turmush munosabatlari doirasidagi 485 nafar holat bo‘yicha himoya orderlari rasmiylashtirilgani qayd etilgan. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda «Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash» mavzusida profilaktik-tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazilayotgani bildirildi.
🟢 Nizoli oilalar bilan manzilli ishlash.
Doimiy probatsiya nazoratida turgan 26 nafar xotin-qiz hamda nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, ularga mahallalardagi nuroniy otaxon va onaxonlarni biriktirish orqali oilaviy muhitni yaxshilash, muammolarni barvaqt aniqlash va salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🟢 Qasd va suitsid holatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar ham tahlil qilindi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil sentabr oyigacha xotin-qizlar bilan bog‘liq qasd va suitsid holatlari jami 9 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi 15 ta holatga nisbatan 6 taga kamaygan. Jumladan, suitsid holatlari 10 tadan 6 taga, qasd holatlari esa 5 tadan 3 taga kamaygan.
Mazkur ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, har bir holatning kelib chiqish sabablarini chuqur o‘rganish, oilalardagi nizolarni erta aniqlash, psixologik va ijtimoiy ko‘makni kuchaytirish hamda xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
🟢 Deputatlik nazorati doirasida qonun talablarining amalda bajarilishi, mas’ul tashkilotlar faoliyatining samaradorligi, himoya orderlari bilan bog‘liq ishlar hamda profilaktik chora-tadbirlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.
✅ Uchrashuv yakunida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilaviy nizolarning oldini olish, xavf guruhidagi oilalar bilan manzilli ishlash va qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
🫥 Har bir xotin-qizning huquqi himoyada, har bir oilada tinchlik va osoyishtalik, jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish — barchamizning umumiy vazifamiz!

Slide 1 of 3