Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
📚 Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan 65-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 65-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida kutubxonadagi adabiyotlar fondi, darsliklar va badiiy kitoblarning mavjudligi, kitoblarning saqlanish holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
📌 O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kutubxona fondini boyitish va yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!