Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi_ #ijobiy_ hal etildi.
янв.21
#24_ta_masala 🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #KQ_35 “Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati

Mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng yaqin ko‘prik. Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish hamda hududdagi muammolarni xonadonbay o‘rganish — xalq vakillarining ustuvor vazifasidir.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov okrugiga qarashli “Shodlik” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-son qarori doirasida belgilangan vazifalar hamda mahallalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 24 ta muhim yo‘nalish asosida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Jumladan, “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, mas’ullarning vazifalar ijrosi, deputatning saylovchilar bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini xonadonbay o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish va aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.