Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi_ #ijobiy_ hal etildi.
янв.21
#24_ta_masala 🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha o‘rganishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan yer maydonlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam muhit yaratish maqsadida 50 tup pavloniya daraxti ekish yuzasidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Mazkur tashabbus hududni yanada obod qilish, daraxtlar sonini ko‘paytirish va ko‘p qavatli uylar atrofida yashil hududlarni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘rganish jarayonida bildirilgan taklifning amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4