Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi_ #ijobiy_ hal etildi.
янв.21
#24_ta_masala 🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
“Bo‘ston” mahallasida qurib qolgan chinor daraxti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla faollari tomonidan 50-sonli ko‘p qavatli turar joy binosi oldida joylashgan qurib qolgan chinor daraxtini olib tashlash masalasi ko‘tarildi. Mahalla faollari ushbu daraxtni olib tashlash zarurligini bildirib, mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

Tashrif davomida ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududning holati, aholi uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Qurib qolgan daraxtni o‘z vaqtida olib tashlash hududdagi ehtimoliy xavflarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanilib, daraxtning holatini o‘rganish va uni belgilangan tartibda olib tashlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, masalani hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunida aholi murojaatlariga e’tibor bilan yondashish, mahalla hududidagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi qayd etildi. Hududda obodonlashtirish ishlarini davom ettirish, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari deputatlik nazoratida bo‘lishiga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6