Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Buni_bilasizmi MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
#Partiya_tashabbusi
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #162_qonun
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kunlik_ish_reja 19¹-modda
янв.21
Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
#Kengash_raisi_faolyati #Kunlik_ish_reja #Haftalik_ish_reja 💊 BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI.

#Kengash_raisi_faolyati
#Kunlik_ish_reja
#Haftalik_ish_reja

💊 BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 11 Navroz saylov okrugida “Navro‘z” mahallasida joylashgan Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sunatullo Uktamov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurodov Abdisalom Javliyevich olib bordi.

Mas’ullar tomonidan poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar ta’minoti hamda fuqarolarga bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, poliklinikada jami 120 turdagi dori-darmon vositalari mavjud bo‘lib, shundan 40 turi fuqarolarga belgilangan tartibda bepul tarqatilmoqda.O‘rganish davomida dori vositalarini aholiga yetkazish, ularning belgilangan tartibda bepul taqdim etilishi hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish va aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etishga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 1