Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganish #162_qonun #24_masala #Nogironligi_bo‘lgan_shaxslar
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_mudiri_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
янв.21
#Buni_bilasizmi #162_ta_qonun 🇺🇿 DEPUTAT KIM?
янв.21
#24_tavsiya #11_band #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#24_tavsiya #9_band #19¹_modda #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi #KQ_35_ijrosi #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #24_ta_tavsiya #nazorat_tahlil

«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 12-Rabotak saylov okrugidan saylangan deputat M. Juraqulovaning saylov okrugidagi «Rabotak» mahallasida tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hamda «Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya» asosida tashkil etildi. Mazkur qarorda mahallalardagi muammolarni aniqlash va hal etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni Kengash muhokamasiga olib chiqish kabi vazifalar belgilangan.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilib, aholining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatida 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va mahalladagi mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularning ijrosini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar mahalladagi muammolarni aniqlash, ularni tegishli tartibda muhokama qilish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik faoliyatining amaliy shakli sifatida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2