Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Buni_bilasizmi MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
#Partiya_tashabbusi
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #162_qonun
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kunlik_ish_reja 19¹-modda
янв.21
Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🛡 “Yulduz” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

Mahallada osoyishtalikni ta’minlash — huquqbuzarlik sodir bo‘lgandan keyin chora ko‘rish emas, avvalo uning oldini olishdan boshlanadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish masalalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borilmoqda.

Shu maqsadda Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatovaning saylov okrugiga qarashli “Yulduz” mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining faoliyatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

Mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, shuningdek, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Alohida e’tibor profilaktik tadbirlarning manzilliligi va samaradorligiga qaratildi. Ya’ni, mahalladagi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash, muammoli vaziyatlarni chuqurlashmasdan bartaraf etish va fuqarolar bilan individual ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etildi.

Shuningdek, profilaktika inspektori faoliyatiga “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun hamda Prezidentning PQ–1-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi nuqtayi nazaridan baho berildi.

📌 Muhim jihat: mahallada xavfsiz muhitni yaratish faqat sodir etilgan huquqbuzarlikka munosabat bildirish bilan cheklanmaydi. Buning uchun uning sabab va shart-sharoitlarini oldindan aniqlash, xavf guruhidagi fuqarolar bilan tizimli ishlash va profilaktik choralarni kuchaytirish talab etiladi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash, profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Osoyishtalik — har bir mahalladan boshlanadi.
Deputatlik nazorati esa bu jarayonning izchil davom etishini ta’minlaydi.