Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi 24-tavsiya ijrosi doirasida liftlar holati o‘rganildi.
янв.21
#24_tavsiya_doirasida #13_band Obodonlik va yong'in xavfsizligi holatlarini oldini olish masalalari o'rganildi.
янв.21
#19¹-modda #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kommunal xizmatlar faolyati o'rganildi
янв.21
#Hokim_faolyati #Deputat_sifatida Qabul oʻtkazildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #11_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri_ish_rejasi #19¹-modda
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Qonunlar_ijrosi
янв.21
#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi 📚 Yoshlar va ijodkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi 21-sonli maktabning isitish tizimi — deputatlik nazoratida
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasidagi ishlar o'rganildi.
янв.21
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja #Kunlik_ish_reja
25-sessiya

Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman hokimi Sobir Xo‘jametov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev olib bordi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi. Sessiya kotibligiga 23-«Qipchoq» saylov okrugidan deputat Muyassar Raxmatullayeva nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobot va axborotlari tinglandi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha ko‘rib chiqilib, berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur vazifalar belgilandi.  

Slide 1 of 10