Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi_ #ijobiy_ hal etildi.
янв.21
#24_ta_masala 🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 📊 MAHALLIY BYUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBASIDAN MABLAG‘ AJRATISH TO‘G‘RISIDAGI QARORLAR MONITORINGI

Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorlarda quyidagi talablarning bajarilishi qat’iy monitoring qilinadi. Talablarning bajarilmasligi hududlar reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
📋 QARORDA BO‘LISHI SHART BO‘LGAN TALABLAR:
1️⃣ Qarorning nomi va muqaddimasi:
Qaror nomi to‘g‘ri shakllantirilganligi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonun va yuqori Kengash qarorlariga asoslanganligi (sana, nomi va raqami).
2️⃣ Jamoatchilik muhokamasi va xulosa:
Mablag‘ ajratish taklifi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan muddat va uning ID raqami.
Umumlashtiruvchi komissiyaning xulosasi (sana, raqam va qisqacha mazmuni).
3️⃣ Qarorning asosiy qismi:
Hokimliklarning qo‘shimcha manbalardan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi.
Qo‘shimcha manba turi/turlari hamda ilovalarda oluvchilar, tadbirlar nomi, asosi va mablag‘ miqdori ko‘rsatilganligi.
4️⃣ Mas’ul tashkilotlar va moliyaviy organlar vazifalari:
Mas’ul tashkilotlarga mablag‘lardan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanish vazifasi.
Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga budjet xarajatlariga o‘zgartirish kiritish, G‘aznachilikka to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish topshirig‘i.
5️⃣ Nazorat:
Qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Kengashining mas’ul doimiy komissiyasiga yuklatilganligi.
⚠️ Muhim: Kengash qarorlarida ushbu talablarning bajarilmasligi monitoringda e’tiborga olinadi va qarorlar qonuniyligi bo‘yicha hududlar reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.