Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Buni_bilasizmi MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
#Partiya_tashabbusi
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #162_qonun
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kunlik_ish_reja 19¹-modda
янв.21
Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi
янв.21
Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandi ijrosi, xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, tegishli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash hamda ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.