Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_muhim_masala Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Ko‘chama_ko‘cha_yurib Fuqarolar murojaati va hudud obodligi e’tibor markazida.
янв.21
Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
19¹_modda1Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov tomonidan Angor tumanining Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan 24/7 «Sohil sity» loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.
янв.21
yoshlar_maslahat_guruhi Angor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda deputat hamda yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov so'zga chiqdi.
янв.21
Deputat_va_yoshlar_uchrashuvi Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
янв.21
#162_ta_qonun 🏘 Aholi xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:


👥 DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-“Yangiturmush” saylov okrugi deputati S.Eshonqulov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan 1-son Texnikumda deputatlik nazorati olib borildi.

💠 NURTEPA MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MANZILLI ISHLAR KUCHAYTIRILDI

Sherobod tumanining “Nurtepa” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish va manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📍 G‘ambur mahallasida deputatlik uchrashuvi

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “G‘ambur” mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masala yuzasidan Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari J.Bo‘riyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📚 Kitobxonlik muhitini rivojlantirish — e’tiborda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov “Boyqishloq” mahallasi hududida joylashgan 65-sonli umumta’lim maktabining kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi.

📌 Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhi deputatlari M.Madarqulov, S.Abdulaxatova va N.Saidovalar tomonidan “Xo‘jaqiya 1” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

19¹-modda
🤝 DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Chorbog‘ mahallasidagi “Xo‘jaikon” tuz koni hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasi Maydon qishlog‘idagi umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 SAYLOVCHILAR BILAN QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

19¹-modda
💧 Hudud infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “G‘ambur” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1