Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #Kotibiyat_mudiri_ish rejasi DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA OCHIQLIK VA SAMARADORLIK.
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #Kotibiyat_mudiri_ish rejasi
янв.21
#Yoshlar_bilan_uchrashuv #yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
#24_ta_masala #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
#Partiya_tashabbusi #Kunlik_ish_reja
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi_masalasi #Doimiy_komissiya_o‘rganishi #Kunlik_ish_reja XALQ QABULXONASINI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
#Kunlik_ish_reja #19¹-modda #Deputatlik_nazorati Piyodalar yer usti yo‘lagi qurilishi deputatlik nazoratida
янв.21
#Kunlik_ish_reja #Fuqoro _murojaati 🔥 YONG‘IN XAVFSIZLIGI — OLDINI OLISH MAQSADIDA O'RGANISH OLIB BORILDI.
янв.21
#Kunlik_ish_reja #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Deputatlik_nazorati #19¹-modda 🚧 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazorati olib borildi.
AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Aholi turmush darajasini oshirish, ehtiyojmand qatlamlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan bevosita joyida ishlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da ro‘yxatda turuvchi bir qator oilalar xonadonlarida bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida xonadon egalarining yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari va muammolari atroflicha tinglandi. Xususan:

- Bandlikni ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish;
- Tibbiy xizmat ko‘rsatish va zarur davolanish jarayonlariga ko‘maklashish;
- Moddiy va ijtimoiy yordam choralari;
- Uy-joy va kommunal sohadagi masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ko‘tarilgan murojaat va takliflarning har biri nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriq hamda vazifalar yuklatildi.

Joylarda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish va ehtiyojmand xonadonlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2