Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi_ #ijobiy_ hal etildi.
янв.21
#24_ta_masala 🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi X.Abdullayevning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni aniqlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “Aziz tepa” MFY, Sariqqamish ko‘chasi, 178-uyda yashovchi fuqaro Sh.Yuldashevaning oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan farzandining kontrakt to‘lovini belgilangan tartibda amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish hamda yoshlar bilan individual ishlash borasidagi chora-tadbirlarning amaliy natijalaridan biri sifatida qayd etildi.

O‘rganish yakunida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3