35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #24_tavsiyalar_ijrosi #Tuman_Deputatlari #Haftalik_ish_reja_ijrosi Aholining Salomatligi va Farovonligi — Deputatlar diqqat markazida
янв.21
#Kotibiyat_mudiri _faoliyati #Kunlik_ish_reja_ijrosi #24-TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI. Deputat vakant bo'lgan hudud
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi. 21-25 sentyabr kunlari amalga oshiradigan ish reja bilan tanishing .
янв.21
Gilambop mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Navbahor ” mahallalasida deputatlik nazorati:
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi 🇺🇿Kotibiyat xodimlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Partiya tashabbusi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi aʼzosi Xalq deputatalari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot ham ishtirok.
янв.21
Qurilish loyihasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 23-sentabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

#sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 23-sentabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan;

🔺 Toshkent shahrining tumanlarida qo‘shimcha zaxira hamda imkoniyatlarni safarbar etish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risida;

🔺 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash hamda Yakkasaroy tumanidagi Bo‘rijar ko‘chasini Pekin ko‘chasi deb qayta nomlash to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari hamda soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish, bunda, OAVdan, Internet tarmog‘idan foydalanish holatlarini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida davlat dasturlari doirasida kredit ajratilishi va ulardan samarali foydalanish holati, kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, loyihalarning ishga tushirilishi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida ishsizlik va bandlik (ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar) holati yuzasidan Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan yarim yilligi mobaynida importni optimallashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish borasidagi faoliyati to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlari va o‘quvchilar turar joyidagi muammolar, yashash sharoitlari, ta’lim muassasasidagi noxush hodisalarni oldini olish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning III choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishning reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar

bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1