35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi 🇺🇿Kotibiyat xodimlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Partiya tashabbusi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi aʼzosi Xalq deputatalari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot ham ishtirok.
янв.21
Qurilish loyihasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda #Kengash _raisi_ faoliyatidan
янв.21
#Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla #Okrugda_o‘rganish
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat Mavlonova Rano okrugiga qarashli "Gilambop" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.
янв.21
#Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi uchinchi. masala
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YORDAMDAN BOSHLANADI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bilan hamkorlikda Qo‘shqand qishlog‘ida kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro Siddiqova Marfatning oilaviy va ijtimoiy holati manzilli ravishda o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy holati, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Oila a’zolari bilan suhbat davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, oilani qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy sharoitini yaxshilash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilandi.

Shuningdek, oilaning kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, bandlik imkoniyatlaridan foydalanishi va kambag‘allikdan chiqishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1