Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Buni_bilasizmi MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
#Partiya_tashabbusi
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #162_qonun
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kunlik_ish_reja 19¹-modda
янв.21
Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi
янв.21
Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

 Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Kim Pen Xva” mahallasida joylashgan 53-son oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

💊O‘rganish davomida poliklinikada aholining imtiyozli toifalariga belgilangan tartibda bepul dori vositalarini yetkazib berish, ularning mavjudligi, saqlanishi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida tarqatilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🧪Dori vositalarini olish uchun murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholiga bepul dori vositalarini berish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🩸 O‘rganish yakunida aholining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, bepul beriladigan dori vositalaridan belgilangan tartibda va samarali foydalanilishini nazorat qilish hamda fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4