O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 1-Madaniyat saylov okrugi deputati Q. Rajabov Xonchorbog‘ mahallasida 350 mln so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Jarayon davomida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi va energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari o‘rganildi. Ishlarning sifati va loyiha talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.