✔️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M.Sayfiddinova hamda Toyloq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Sidikov Toyloq tumanidagi «Madaniyat» mahallasida bo‘lishdi.
✔️O‘rganishlar davomida mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati, erishilayotgan natijalar va mavjud masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✔️O‘rganish davomida asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
Aholi xonadonlarining daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
Imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalardan samarali va maqsadli foydalanish holati; Ishsiz va kam ta’minlangan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasidagi amaliy choralar.
✔️Muloqot va o‘rganishlar yakunida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hajmini oshirish hamda aniqlangan masalalarni tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✔️Deputatlar tomonidan bu kabi nazorat va o‘rganish tadbirlari joylarda izchil davom ettirilmoqda.