Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tuman Nuroniylar jamg‘armasida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida mazkur qonun talablarining amalda bajarilishi, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini tashkil etish, belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan talab va tartiblarga rioya etish holatiga e’tibor qaratildi.
📑 Shuningdek, tashkilot faoliyatida tegishli hujjatlarning yuritilishi, a’zolar va fuqarolar bilan ishlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qonun doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, faoliyatni yanada takomillashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🤝 Mazkur kabi o‘rganishlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.