Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #24_tavsiyalar_ijrosi #Tuman_Deputatlari #Haftalik_ish_reja_ijrosi Aholining Salomatligi va Farovonligi — Deputatlar diqqat markazida
янв.21
#Kotibiyat_mudiri _faoliyati #Kunlik_ish_reja_ijrosi #24-TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI. Deputat vakant bo'lgan hudud
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi. 21-25 sentyabr kunlari amalga oshiradigan ish reja bilan tanishing .
янв.21
Gilambop mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Navbahor ” mahallalasida deputatlik nazorati:
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi 🇺🇿Kotibiyat xodimlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Partiya tashabbusi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi aʼzosi Xalq deputatalari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot ham ishtirok.
янв.21
Qurilish loyihasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov hamda 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Davronbek ko‘chasi, 43-xonadonda istiqomat qiluvchi Isaqjonov Dilshodjonning oilaviy sharoiti, daromad manbalari hamda bandlik holati bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida fuqaro norasmiy tarzda qandolatchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.

Fuqaroning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oilaning daromadlarini oshirish va doimiy daromad manbasini shakllantirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, oila daromadini yanada oshirish maqsadida quyonchilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun kredit ajratish, shuningdek, farzandlarining repetitorlik kurslarida ta’lim olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4