Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_muhim_masala Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Ko‘chama_ko‘cha_yurib Fuqarolar murojaati va hudud obodligi e’tibor markazida.
янв.21
Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
19¹_modda1Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov tomonidan Angor tumanining Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan 24/7 «Sohil sity» loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.
янв.21
yoshlar_maslahat_guruhi Angor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda deputat hamda yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov so'zga chiqdi.
янв.21
Deputat_va_yoshlar_uchrashuvi Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
янв.21
#162_ta_qonun 🏘 Aholi xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida.
QURILISHDA SIFAT MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ijtimoiy obyektlardagi qurilish va obodonlashtirish jarayonlari muntazam o‘rganib borilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 8-Maorif saylov okrugi deputati B.Obidov saylov okrugi hududidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlarini yaqindan o‘rgandi.

Mazkur maktab hududidagi bo‘sh turgan maydonda qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-23-28-11-168-K/26-son qarori bilan Tashabbusli budjetning 2026-yil birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan ushbu loyihaning qiymati 1 milliard 630 million so‘mni tashkil etadi. Yangi bino maktabning o‘quv imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish davomida deputat tomonidan qurilishning nafaqat umumiy borishi, balki uning sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim jihatlarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, beton konstruksiyalar orasiga joylashtirilayotgan armaturalarning holati, ularning o‘zaro bog‘lanishi va loyiha talablariga muvofiq bajarilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Zero, qurilishda armatura beton konstruksiyaning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishida muhim omillardan biridir. Shu sababli uning joylashuvi, himoya qatlami, bog‘lanish sifati yoki loyiha talablaridan chetga chiqish kabi holatlar keyinchalik jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Tashqi ko‘rinishi chiroyli va qurilish sur’ati yuqori bo‘lgani bilan ish bitmaydi — eng muhimi, obyektning ichki konstruksiyasi ham belgilangan me’yor va talablar asosida bajarilishi lozim.

Deputat tomonidan qurilish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli talab va tavsiyalar bildirilib, ishlarni amalga oshirishda loyiha hujjatlari va qurilish me’yorlariga qat’iy rioya etish, ayniqsa, betonlash ishlari boshlanishidan oldin armaturalarning joylashuvi va konstruktiv yechimlari tegishli mutaxassislar tomonidan sinchiklab nazorat qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

Tashabbusli budjet mablag‘lari — fuqarolarning ovozi va ishonchi asosida shakllangan mablag‘. Shu bois g‘olib loyihalarni amalga oshirishda asosiy mezon faqat mablag‘ning o‘zlashtirilishi yoki ishlarning tez yakunlanishi emas, balki sarflangan har bir so‘mga yarasha sifatli va uzoq xizmat qiladigan obyekt barpo etilishi bo‘lishi kerak.

Mazkur qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olinib, loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va xavfsiz bajarilishi bo‘yicha o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5