35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarga tikuv mashinalari topshirildi

#Senator_deputat
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarga tikuv mashinalari topshirildi 🇺🇿
Aholi bandligini taʼminlash va ehtiyojmand oilalar daromadini oshirish maqsadida hududlarda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Senator, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Ermatovning shaxsiy tashabbusi bilan "Barlos" KFYda yashovchi kam taʼminlangan oilalar vakillari — Iroda Muhammadiyeva va Mavluda Kattabekovaga tikuv mashinalari topshirildi.
Keng jamoatchilik ishtirokida oʻtgan ushbu tadbir xotin-qizlarning oʻz tadbirkorligini boshlashi va oilaviy farovonligini yuksaltirishi uchun munosib imkoniyat yaratdi. Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bunday xayrli tashabbuslar davom etmoqda.

Slide 1 of 2