Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_muhim_masala Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Ko‘chama_ko‘cha_yurib Fuqarolar murojaati va hudud obodligi e’tibor markazida.
янв.21
Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
19¹_modda1Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov tomonidan Angor tumanining Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan 24/7 «Sohil sity» loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.
янв.21
yoshlar_maslahat_guruhi Angor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda deputat hamda yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov so'zga chiqdi.
янв.21
Deputat_va_yoshlar_uchrashuvi Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
янв.21
#162_ta_qonun 🏘 Aholi xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida.
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tomonidan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish jarayonida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

📨 Deputatlar tomonidan yuborilgan 62 ta deputatlik so‘rovining 58 tasiga javob xatlari olingan, 4 tasi ijro jarayonida. Shu bilan birga, 15 ta so‘rov bo‘yicha masala yakuniy yechimini topmagani qayd etilib, ularning ijrosini deputatlik nazoratida davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

📥 edo.ijro.uz elektron platformasi orqali 2026-yil davomida 103 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 4 tasi ijroda, 2 tasi esa belgilangan muddatdan kech bajarilgani aniqlandi. Murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🗣 Saylovchilar oldida axborot berish amaliyoti ham o‘rganilib, ikkinchi chorak davomida 24 nafar deputat o‘z saylov okrugida axborot bergani, 25-“Jarboshi” saylov okrugi deputati tomonidan esa axborot taqdim etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

🔺 Kengash faoliyatining jamoatchilikka yoritilishi ham tahlil qilinib, 2026-yil avgust oyida Telegram tarmog‘ida 177 ta post e’lon qilingani qayd etildi. Deputatlarning hududlardagi o‘rganishlari, nazorat tadbirlari va ularning amaliy natijalarini yanada keng yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔎 Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganish tadbirlarini tizimli olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni oldindan saylov okruglarida o‘rganish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida nazorat qilish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Yakunda Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, murojaatlar ijrosi va elektron ish yuritish intizomini mustahkamlash, hududlarda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan Muzaffar Yusubov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4