Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Madad_NNT #Tashkilot_bilan_hamkorlik 🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT
янв.21
#Kengash_raisi_faoliyati #Qonun_targiboti #Deputatlik_nazorati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja
янв.21
“Zehn Kids” o‘quv markazi ochildi #Kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati
янв.21
#Kunlik_ish_reja #Haftalik _ish_reja #Fuqarolar_murojaati #Deputat_faoliyati #Mahalla_yettiligi #Hamkorlik
янв.21
#Haftalik_sarhisob #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINDI.
янв.21
#O‘qituvchi_va_murabbiylar_kuni 🎓 USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZDA.
янв.21
#19¹_modda #24_tavsiya #Nazorat_tahlil
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati ⚡️ Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti
янв.21
Mahalla yettiligi hamda Deputat hamkorligi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILMOQDA.
#BSK_faoliyati #sport_maydonlari_holati #nazorat

Aholi farovonligi, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va hududlardagi kommunal muammolarni o‘z vaqtida hal etish — xalq vakillarining doimiy e’tiborida.
Shahar Kengashining xaftalik rejasiga asosan Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev "Oltin" mahallasi xonadonlariga xizmat ko‘rsatuvchi "Baraka hayot-premium" BSK faoliyati va hududning umumiy ahvolini atroflicha ko‘zdan kechirdi.

🔍 O‘rganish jarayonida:
Mahalla hududidagi bolalar maydonchalari va sport maydonlarining xavfsizligi hamda sozligi ko‘zdan kechirildi;
Ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, texnik infratuzilmasi va BSK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati baholandi.

Natijalarga ko‘ra, hududdagi umumiy holat va obodonlashtirish ishlari ijobiy baholandi. Shu bilan birga, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida aniqlangan ayrim kommunal masalalar va kichik kamchiliklar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha yurish jurnali"ga kiritilib, shaxsiy ijro nazoratiga olindi.

Aholi murojaatlari va hududiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 7