Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_tashabusi #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #19¹-modda Do'stlik mahallasida koʻprik barpo etildi
янв.21
#24_ta_tavsiya #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #19¹-modda #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_ta_tavsiya #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
##deputat_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi #Haftalik _ish _reja #nazorat_tahlil #19¹-modda
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Fuqoro_murojjati_ijobiy_ yechimi
янв.21
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi HAFTALIK ISH REJALARI BELGILANDI.
янв.21
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Biriktirilgan_Tashkilot
#Tuman_hokim_o‘rinbosariga #Deputat_so‘rovi_yuborildi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish rejasiga muvofiq tegishli o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli, “Sayrak” mahallasi hududida joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinika (OShP) binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, ushbu ijtimoiy obyektda ta’mirlash-qurilish ishlari bundan 4–5 oy ilgari boshlangan bo‘lishiga qaramay, hozirgi kunga kelib ishlar noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan hamda bir qator kamchiliklar yuzaga kelgan.

Aholi uchun muhim bo‘lgan salomatlik maskanini qisqa fursatda va sifatli foydalanishga topshirish maqsadida, deputat A.E.Egamberdiyev tomonidan Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari T.Chorshanbiyevga rasmiy DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.

So‘rovda quyidagi masalalarni hal etish va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish so‘ralgan:

60-sonli oilaviy poliklinikada qurilish-ta’mirlash ishlari to‘xtab qolganligi sabablariga aniqlik kiritish;

Obyektdagi qurilish-ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda qayta tiklash hamda aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish;

Ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul pudrat va biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Mazkur obyektning tez fursatda foydalanishga topshirilishi va qurilish ishlarining borishi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3