Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_mudiri_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
янв.21
#Buni_bilasizmi #162_ta_qonun 🇺🇿 DEPUTAT KIM?
янв.21
#24_tavsiya #11_band #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#24_tavsiya #9_band #19¹_modda #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
#Oylik_Ish_reja_ijrosi #24_tavsiya_doirasida #11_band | #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #12_band | #Liftlar_ishlashi
DEPUTATLIK NAZORATI: OBODONLASHTIRISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: OBODONLASHTIRISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari va ularga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish davomida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A.Abdumurodov tomonidan tuman Obodonlashtirish bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini tashkil etish, mavjud infratuzilmani saqlash hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔎 Shuningdek, ishlarni samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarga manzilli yechim topish yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1