Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_muhim_masala Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Ko‘chama_ko‘cha_yurib Fuqarolar murojaati va hudud obodligi e’tibor markazida.
янв.21
Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
19¹_modda1Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov tomonidan Angor tumanining Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan 24/7 «Sohil sity» loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.
янв.21
yoshlar_maslahat_guruhi Angor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda deputat hamda yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot Tadjimurotov so'zga chiqdi.
янв.21
Deputat_va_yoshlar_uchrashuvi Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
янв.21
#162_ta_qonun 🏘 Aholi xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida.
Kengash_faoliyati

Deputat so‘rovi ijrosi: "Quduqsoy" mahallasidagi 31-maktabga olib boruvchi 1,2 km yo‘l to‘liq asfaltlandi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati va ijro organlarining hamkorligi natijasida ijtimoiy soha ob’ektlari hamda mahallalarga olib boruvchi yo‘l infratuzilmalari bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 19-Quduqsoy saylov okrugi deputati G.M.Xolmatovaning "Quduqsoy" mahallasida joylashgan 31-umumta’lim maktabiga olib boruvchi 1,2 km yo‘lni asfaltlash bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yuborgan deputat so‘rovi qisqa muddatlarda ijro etildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi taqdim etgan rasmiy axborotga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan joyida o‘rganish o‘tkazilib, 31-maktabga olib boruvchi 1,2 km yo‘l qismi to‘liq asfaltlanib, foydalanishga topshirildi.

Ravon yo‘l maktab o‘quvchilari va mahalla ahli qatnovi uchun qulaylik yaratdi.

Slide 1 of 8