35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokimlik va Kengash hamkorligida mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kunlik ish rejalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyga chiqqan holda o'rganildi.
янв.21
Mustaqillik ko‘chasida yo‘lga tosh to‘kish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
#Murojaat Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#qonun_162 Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatati 3-Gilambob saylov okrugi deputatati Mavlono Rano tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazildi.
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI. #24-tavsiya
YANGI TOMDI QO‘RG‘ONIDAGI AVTOBUS BEKATLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E.Mirzayev tomonidan Yangi Tomdi qo‘rg‘onida barpo etilgan avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda aholiga jamoat transportidan qulay va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, avtobus bekatlarining umumiy holati, tashqi ko‘rinishi hamda yo‘lovchilar uchun qulayliklari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bekatlarning sanitariya va obodonlashtirish holati, yo‘lovchilarni noqulay ob-havo sharoitlaridan himoya qilish imkoniyatlari hamda bekatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avtobus bekatlarini zarur jihozlar bilan ta’minlash, ularning atrofini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur ishlar, avvalo, aholiga qulay jamoat transporti infratuzilmasini yaratish, yo‘lovchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda hudud obodonchiligini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 4